O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mahsulot xarid qilayotganda qaytim o‘rniga saqich berish chakana savdo qoidalarining buzilishi ekanini ma’lum qildi. Bu haqda “Uz24.uz” xabar bermoqda.

Foto: uz24.uz

Foto: uz24.uz

Qayd etilishicha, avvalroq Facebook’dagi “Obshestvenniy kontrol” (“Jamoatchilik nazorati”) guruhida mahsulot xarid qilinayotganda sotuvchilar mayda pul yo‘qligi bois qaytimga gugurt qutisi, saqich, konfet kabilar berayotgani muhokama qilingan. Shundan so‘ng, “Uz24.uz” tahririyati tomonidan O‘zbekiston Iste’molchilar huquqini muhofaza qilish federatsiyasiga sotuvchilarning bunday xatti-harakati qanchalar qonuniyligini so‘rab, murojaat etilgan.

O‘zbekiston ite’molchi huquqlarini himoya qilish federatsiyasining “Uz24.uz”ga yozgan javob xati. Foto: uz24.uz

O‘zbekiston ite’molchi huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “Uz24.uz”ga yozgan javob xati. Foto: uz24.uz

Javob maktubida ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi “Chakana savdo qoidalari to‘g‘risidagi” qaroriga ko‘ra, mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanish yoki xizmat ko‘rsatishda boshqa mahsulotlarni sotish belgilangan qoidalarga zid hisoblanadi.