Apple kompaniyasi 2015-yilda faqatgina ayollar uchun mo‘ljallangan 4 dyuym displeyli iPhone smartfonini taqdim etishi mumkin. Bu haqda TJournal xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Ma’lumotlarga ko‘ra Apple kompaniyasi smartfonlari qatoriga yana 4 dyuym displeylilarini qaytarish istagida. Taxmin qilish mumkinki, Apple’ning ushbu maxsus smartfoni har doimgidek, keyingi yilning kuz faslida taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Apple oxirgi marta 2013-yilda 4 dyuym displeyli iPhone 5s va iPhone 5c smartfonlarini taqdim etgan edi. Joriy yilda taqdim etilgan iPhone 6 va iPhone 6 Plus smartfonlari esa kompaniya tarixidagi eng katta o‘lchamli bo‘ldi.

Shuningdek, “Parol” nashrida quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin: