Bloomberg agentligi Xitoyning Alibaba internet do‘koni asoschisi Jek Ma Osiyoning eng boy kishisiga aylanganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.

Foto: retail-loyalty.org

Foto: retail-loyalty.org

50 yoshli Ma 2012 va 2013-yillarda Osiyoning eng boy kishisi bo‘lgan Cheung Kong Group va Hutchinson Whampoa boshqaruv raisi Li Kashindan o‘zib ketdi. Bloomberg reytingiga ko‘ra, Maning mablag‘lari 28,6 milliardni tashkil qiladi, bu 86 yoshli Kashinning boyligidan taxminan 300 ming dollarga ko‘p demakdir.

Aslida ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan Jek Ma 1999-yilda Xanchjou shahrida o‘z kompaniyasiga asos solgan. Alibaba Group mablag‘lari joriy yilda 259 milliard dollarni tashkil qilgan bo‘lib, bu uning raqiblari Amazon va eBay kapitallarining yig‘indisidan ham ko‘p demakdir.