2014-yilning 12-dekabr kuni Vengriyaning Dyor shahrida shaxmat bo‘yicha 16 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida Butunjahon yoshlar olimpiadasi (World Youth U-16 Chess Olympiad 2014)ning tantanali ochilish marosimi o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi.

Foto: olympic.uz

Foto: olympic.uz

Mazkur nufuzli musobaqada 38 davlatdan 54 jamoa g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Butunjahon yoshlar olimpiadasida O‘zbekiston sharafini Ortiq Nig‘matov (2236), Bahora Abdusattorova (2216), Nodirbek Yakubboyev (2144), Nodirbek Abdusattorov (2186) va Javohir Sindarov (2054) himoya qiladi. O‘zbekiston terma jamoasiga Mamatqul Xaylayev sardorlik qiladi.

Birinchi tur o‘yinlari 13-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.