10-dekabr kuni Buxoro neft va gaz sanoati kasb-hunar kollejida “O‘zbekkino” Milliy agentligining Buxoro viloyati hududiy bo‘limi viloyat hokimligi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etgan “Biz kelajakka ishonamiz!” viloyat yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligining axborot xizmati xabar bermoqda.

Buxoro viloyati. Foto: O‘zA

Buxoro viloyati. Foto: O‘zA

Forumni o‘tkazishdan asosiy maqsad yoshlarning amalga oshirilayotgan islohotlardagi faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan, har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish edi.

Kinoaktyorlar, yozuvchi va shoirlar, taniqli sportchilar, olimpiya va paraolimpiya chempionlari ishtirok etgan talabalar bilan uchrashuv tadbirida “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi bilan tasvirga olingan vatanparvarlik ruhidagi “Gumrohlar” badiiy filmi hamda “O‘zbekiston davlat ramzlari” va “O‘zbekiston – Vatanim manim” hujjatli filmlari namoyish etildi.

Forum O‘zbekiston prezidentining 2014-yil 6-fevralda imzolagan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish yuzasidan tashkil qilindi.