Fransiya Senati (parlament yuqori palatasi) mamlakat hukumatini Falastin davlatini tan olishga da’vat etuvchi rezolyutsiyani yoqlab ovoz berdi. Bu haqda “Yevropeyskaya Pravda” xabar bermoqda.

rbc.ru

rbc.ru

154 deputat hujjat uchun ovoz bergan bo‘lsa, yana 146 kishi unga qarshi chiqdi.

Senatorlar fikricha, Falastin davlatini tan olish “isroilliklar va falastinliklar o‘rtasidagi teng huquqli munosabatlar uchun ilk qadam” bo‘ladi.

Nashrning eslatishicha, 2-dekabr kuni Fransiya Milliy assambleyasi (parlament quyi palatasi) Falastin davlatini tan olish uchun ovoz bergan edi.