O‘zbekiston va Rossiya “Suffa” xalqaro radioastronomik observatoriya qurilishi bo‘yicha loyihani birgalikda amalga oshirishga kirishdi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Toshkentga tashrifi yakunlari bo‘yicha aytib o‘tdi, deb yozadi UzDaily.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

“Ilmiy-texnik hamkorlik sohasida eng muhim loyiha — O‘zbekiston hududida ‘Suffa’ xalqaro radioastronomik observatoriyasini qurish”, — deya ta’kidladi Putin.

Rossiya rahbari so‘zlariga ko‘ra, u o‘ziga xos ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish imkonini beruvchi eng yirik “RT-70” teleskopi bilan jihozlanadi.

“Suffa” xalqaro radioastronomik observatoriya O‘zbekiston Respublikasi hududida Turkiston tizmasi tarmoqlaridagi Suffa platosida joylashgan. U Toshkentdan 250 kilometr, Jizzax viloyatidagi Zomin qishlog‘idan 50 kilometr masofada joylashgan.