Qozog‘istonning Shaxtinsk shahrida yashovchi erkak ichida 12 yil avvalgi operatsiya vaqtida qolib ketgan holda yashayotgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda Qarag‘andaning “Noviy vestnik” gazetasi.

Foto: nv.kz

Foto: nv.kz

Qayd etilishicha, operatsiya vaqtida jarrroh qaychini unutib qoldirgan. Shu davr mobaynida erkak o‘zini yaxshi his qilib kelgan. Bu yozda esa uning ishtahasi yo‘qolgach, shifokorga uchragan. Ular unga hech qanday tashxis qo‘yolmay qiynalgan, kompyuter tomografiyasi o‘tkazilgach esa hamma hayratda qolgan.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, odatda tanada biror tashqi element qolib ketsa, bu albatta belgi beradi. Biroq bu holatda 12 yil umuman sezdirmagan. Tibbiyot va farmatsevtika faoliyati nazorati qo‘mitasi agar qaychini unutib qoldirgan jarroh ustidan shikoyat qilinmasa, bu ish ochilmasligini qayd etgan. Bemor esa hozircha shifokor bilan tortishishni o‘ylamayotgani, balki qaychini olib tashlash uchun yangi operatsiyaga tayyorlanayotgani va bu safar tibbiyot xodimlari o‘z ishlarini to‘g‘ri bajarishiga umid qilayotgani aytilgan.