“Real” va Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Pepe Madriddagi kam ta’minlangan hamyurtlariga yordam qo‘lini cho‘zdi, deb xabar bermoqda “Championat.com”.

Foto: zimbio.com

Foto: zimbio.com

Futbolchi 9 tonna oziq-ovqat sotib olib, ularni Madrid yaqinidagi Las-Rosas shaharchasida yashaydigan 200 ta portugal oilalariga tarqatish bilan shaxsan o‘zi shug‘ullangan.

Qayd etilishicha, Pepe xayriya aksiyalarida doim qatnashib keladi. Jumladan, xuddi shunday ovqat tarqatish tadbirini joriy yilning boshida ham amalga oshirgan.