“Uff.uz” “Sports.uz”ga tayanib, Marokashda boshlangan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati ishtirokchilarining narxlari va eng qimmat o‘yinchilarini ma’lum qildi.

Ronaldu. Foto: sports.uz

Ronaldu. Foto: sports.uz

“Oklend Siti” klubi (Yangi Zelandiya)

  • Mavqei: OFK chempionlar ligasi g‘olibi — 2013/14
  • Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtiroki: 6-bor (avval — 2006, 2009, 2011, 2012 va 2013)
  • Turnirdagi eng yaxshi natijasi: 5-o‘rin (2009-yil)
  • Tarkibning umumiy qiymati: 5,20 million yevro
  • Futbolchilarining o‘rtacha bahosi: 208 ming yevro
  • Eng qimmat o‘yinchisi: hujumchi Emiliano Tade (400 ming yevro)

“Sidney” klubi (Avstraliya)

  • Mavqei: OFK chempionlar ligasi g‘olibi — 2014-yil
  • Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtiroki: debyut
  • Turnirdagi eng yaxshi natijasi: —
  • Tarkibning umumiy qiymati: 6,65 million yevro
  • Futbolchilarining o‘rtacha bahosi: 246 ming yevro
  • Eng qimmat o‘yinchisi: yarim himoyachi Romeo Kastelen va himoyachi Mateo Polyak (har ikkisi — 600 ming yevrodan)

“Setif” klubi ( Jazoir)

  • Mavqei: KAF chempionlar ligasi g‘olibi — 2014-yil
  • Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtiroki: debyut
  • Turnirdagi eng yaxshi natijasi: —
  • Tarkibning umumiy qiymati: 7,55 million yevro
  • Futbolchilarining o‘rtacha bahosi: 280 ming yevro
  • Eng qimmat o‘yinchisi: yarim himoyachilar Akram Jahnit, El Xadi Belameyri va hujumchi Abdulmalik Ziayya (hammasi — 550 ming yevrodan)

“Atletik” klubi (Marokash)

  • Mavqei: Marokash — 2013/14, turnir tashkilotchisi
  • Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtiroki: debyut
  • Turnirdagi eng yaxshi natijasi: —
  • Tarkibning umumiy qiymati: 8,55 million yevro
  • Futbolchilarining o‘rtacha bahosi: 237,5 ming yevro
  • Eng qimmat o‘yinchisi: hujumchi Muhsin Iajur (950 ming yevro)

“Krus Asul” klubi (Meksika)

  • Mavqei: KONKAKAF chempionlar ligasi g‘olibi — 2013/14
  • Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtiroki: debyut
  • Turnirdagi eng yaxshi natijasi: —
  • Tarkibning umumiy qiymati: 36,8 million yevro
  • Futbolchilarining o‘rtacha bahosi: 1,4 million yevro
  • Eng qimmat o‘yinchisi: yarim himoyachi Marko Fabian (5,5 million yevro)

“San-Lorenso” klubi (Argentina)

  • Mavqei: Libertadores kubogi sohibi — 2014 yil
  • Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtiroki: debyut
  • Turnirdagi eng yaxshi natijasi: —
  • Tarkibning umumiy qiymati: 37,1 million yevro
  • Futbolchilarining o‘rtacha bahosi: 1,03 million yevro
  • Eng qimmat o‘yinchisi: yarim himoyachi Pablo Barrentos (5 million yevro)

“Real” klubi (Ispaniya)

  • Mavqei: UEFA chempionlar Ligasi g‘olibi — 2013/14
  • Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtiroki: 2-bor (bundan oldin 2000-yil)
  • Turnirdagi eng yaxshi natijasi : 4-o‘rin, 2000-yil
  • Tarkibning umumiy qiymati: (“Transfermarkt.de” ma’lumotlariga tayangan holda): 688,8 million yevro
  • Futbolchilarining o‘rtacha bahosi: 31,3 million yevro
  • Eng qimmat o‘yinchisi: Krishtianu Ronaldu (120 million yevro)

Eslatib o‘tamiz, Marokashda sayyoraning eng yaxshi o‘yinchisi Krishtianu Ronaldu va uning jamoadoshlarini kutib olishga qattiq tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Afrika mamlakati hukumati futbolchilarning xavfsizligi uchun 40 nafar politsiyachi ajratgan. Portugaliyalik yulduzga esa alohida e’tibor berilib, uni besh nafar politsiyachi qo‘riqlaydi.