AQShning Chevrolet kompaniyasi yangi modellarini Corvette Stingray superkariga o‘xshatib chiqarmoqchi. Bu haqda General Motors konsernining global dizayn bo‘limi rahbari Eda Uelbarn ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Motor.ru”.

Chevrolet Corvette. Foto: motor.ru

Chevrolet Corvette. Foto: motor.ru

“Yangi Malibu, Cruze va Volt tez orada bozorga chiqadi hamda ularda Corvette bilan umumiy jihatlarni ko‘rishingiz mumkin. Jumladan, yangi modellarning orqa yoritish tizimi shakli Corvette chiroqlariga o‘xshash bo‘ladi”, − dedi Uelbarn.

Chevrolet 2015-yildan boshlab taqdim etiladigan tashqi ko‘rinishi Corvette usulidagi modellar kompaniyaning yangi raqobat ustunliklari bo‘ladi deb hisoblamoqda. Dizayndagi boshqa o‘zgarishlar haqida ma’lumot berilmagan. 2015-yil yanvarida Detroytdagi avtoko‘rgazmada taqdim etiladigan Chevrolet Volt modeli suratlarida haqiqatdan ham Corvette elementlarini ko‘rish mumkinligi qayd etilgan.