“Gazeta.ru” nashri dekabr oyida o‘z mashinalari narxini oshirgan Rossiya bozorida faoliyat olib borayotgan avtomobil ishlab chiqaruvchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Foto: cars.com

Foto: cars.com

Chevrolet markasining rasmiy dilerlari narxlarni eng ko‘p oshirganlardan biri bo‘ldi. Turli modifikatsiyaga ega to‘rtta model qimmatlashdi. Bular Aveo, Cobalt, Cruze va Spark bo‘lib, ular narxining oshish darajasi 7,9 foizdan 15,3 foizgachani tashkil etdi.

Bundan tashqari, Mercedes-Benz, Opel, UAZ kompaniyalarining Rossiyadagi ofislari ham o‘z modellarini ancha qimmatlashtirdi.

Rossiya bozoridagi Honda, Jeep, Peugeot va Ford avtomobillari narxi o‘rta darajada oshgan bo‘lsa, eng past darajadagi qimmatlashuv Kia, Renault va Citroen modellarida kuzatildi.