Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida haydovchilarga yo‘llarda harakatlanish qoidalarini interaktiv tarzda o‘rgatuvchi AvtoTest 2.0 elektron dasturi taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.

Foto: Avtotest

Foto: Avtotest

Unda ushbu dastur yaratuvchilari, institut professor-o‘qituvchilari, talabalar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rektori J. Solihov, AvtoTest Report kompaniyasi ijrochi direktori B. Inog‘omov va boshqalar Prezident Islom Karimov rahnamoligida O‘zbekistonda ishlab chiqarish, ta’lim, ilm-fan, sog‘liqni saqlash kabi sohalarga innovatsion texnologiyalarni keng jalb etish, dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Foto: Avtotest

Foto: Avtotest

AvtoTest 2.0 yo‘l harakati qoidalarini o‘rganishni yanada takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan innovatsion o‘quv dasturidir. Uning birinchi versiyasi 2012-yil 12-dekabrda taqdim etilgan edi. Mazkur dastur O‘zbekistondagi barcha avtomaktablarda keng tatbiq etilib, haydovchilarning bilim darajasini oshirishga xizmat qilmoqda.

Foto: Avtotest

Foto: Avtotest

AvtoTest 2.0 elektron o‘quv qo‘llanmasining mazkur versiyasi 276 soatlik o‘quv dasturini o‘z ichiga olib, ikki mingdan ortiq 3D formatdagi video-trening va animatsiyalarni qamrab olgan. Qo‘llanma “Yo‘l harakati qoidalari”, “Avtotransport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish”, “Avtotransport vositalarini xavfsiz boshqarish va harakat xavfsizligi asoslari” hamda “Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish” kabi bo‘limlardan iborat. Dasturdan yetti tilda foydalanish imkoniyati yaratilgani chet ellik foydalanuvchilar uchun ham ayni muddao.

Foto: Avtotest

Foto: Avtotest

Dastur orqali oson interaktiv ta’lim olish mumkin. Bundan tashqari, yaqin kunlarda dasturdan uyda, safar vaqtida foydalanish imkoniyati yaratiladi. Mobil aloqa telefonlari uchun ham maxsus ilovani yaratish ko‘zda tutilgan.

Foto: Avtotest

Foto: Avtotest

Dunyoning aksariyat mamlakatlarida “Yo‘l harakati qoidalari”ning qariyb 80 foizi deyarli bir xil bo‘lgani uchun ushbu dasturiy mahsulotni har qanday bozorga oson moslashtirish mumkin.