Xitoy milliy neft-gaz kompaniyasi (China National Petrolium Corp., CNPC) 2019-yil oxirigacha O‘zbekistonda 1 milliard kubometrgacha gaz qazib chiqara oladi, deya xabar berdi “RIA Novosti” loyihaga yaqin manbalariga tayanib.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Besh yil davomida qazib olish quvvati 1 milliard kubometrgacha yetishi mumkin, xomashyo bazasini jihozlash ishlari boshlandi”, — deya aniqlik kiritidi agentlik suhbatdoshi.

Uning aytishicha, 2015-yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturiga tabiiy gazni CNPC ishtirokida qazish, olish va transportda tashish bo‘yicha loyiha kiritilgan. 2014—2019-yillarda loyihaga kiritilgan investitsiyalar 277,3 million dollarni tashkil etadi.