Yangi yilda Samarqand shahri ko‘chalarida taksometrlar o‘rnatilgan taksilar paydo bo‘ladi. Bu haqda “Zarafshon” gazetasi ma’lum qildi.

Samarqand taksilari. Foto: afishka.uz

Samarqand taksilari. Foto: afishka.uz

Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Dilshod trans servis” avtokorxonasi xodimlari bu ishga birinchi bo‘lib kirishdilar.

Korxona rahbari G‘ulom Berdiyevning aytishicha, ayni paytda jamiyat tasarrufidagi Nexia, Matiz, Damas rusumli 80 ta avtoulovning yigirmatasiga shunday uskunalar o‘rnatildi.

Bu esa yo‘lovchi uchun ham, haydovchi uchun ham qo‘shimcha qulaylik tug‘dirib, xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshiradi. Taksiga o‘tirgan yo‘lovchining haydovchi bilan savdolashishiga hojat yo‘q. Chunki taksometrda xizmat haqi aniq ko‘rinib turadi.