Sirdaryo viloyatining Sayhunobod tumani Yangi hayot mahallasida istiqomat qiluvchi shaxs muqaddam ikki marta sudlanganiga qaramay, qing‘ir ishlarini davom ettirdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Postda” gazetasi.

Sirdaryo viloyati. Foto: O‘zA

Sirdaryo viloyati. Foto: O‘zA

Fuqaro tuman poliklinikasining panjarasiga suyab qo‘yilgan “Kama” rusumli velosipedni minib, qo‘shni tumandagi dehqon bozorida pulladi. Ko‘p o‘tmay, bir do‘stini ham o‘g‘rilikka undab, Yangi hayot mahallasidagi qo‘shnisining omborxonasidan “Dinamik” rusumli velosipedni olib chiqib, bir novvoyga sotib yubordi.

Novvoy velosipedga nonlarni ortib, bozorga yo‘l olganida, velosipedi yo‘qolgan fuqaroning murojaati asosida ish boshlagan ichki ishlar idoralari xodimlariga duch keldi. Novvoy bergan ko‘rsatma yordamida velosiped o‘g‘rilari choyxonada ulfatchilik qilib o‘tirganida qo‘lga olindi.