Toshkentda bayram sayillari 28-dekabrdan 5-yanvarga qadar davom etadi, deya xabar bermoqda UzReport poytaxt hokimligi matbuot xizmatiga tayanib. An’anaga muvofiq Mustaqillik maydonida mamlakatning eng katta archasi o‘rnatildi.

Foto: UzReport

Foto: UzReport

Yangi yil archalari, shuningdek, Roison Electronics korxonasi yonida (Chilonzor tumani, Al Xorazmiy dahasi), Xadra maydonida (Shayxontohur tumani), Markaziy ofitserlar uyi qarshisida (Yashnobod tumani), Yunusobod tumani 12-dahada, Sergeli tumani 8-dahada hamda “Quyoshcha nuri” bog‘ida (Bektemir tumani) barpo etildi.

Shahar hokimi tomonidan tasdiqlangan tadbirlar rejasiga ko‘ra, bozorlar, mehmonxonalar, savdo markazlari, korxonalar, tashkilotlar va jamoat transportlarini ham bezash ko‘zda tutilgan.