7-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirza-Ulug‘bek Abdusalomov boshqardi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi.

Foto: elections.uz

Foto: elections.uz

Unda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 9 va 14-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha saylov okruglari tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov okruglarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralari doirasida tuzdi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa masalalar ham muhokama qilindi.