Amerikalik mashhur fitnes murabbiyi va aktyor Greg Plitt o‘zi quvib o‘tishga uringan poyezdning g‘ildiraklari ostida qolib ketib, halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Arxiv. Foto: Reuters

Arxiv. Foto: Reuters

Kaliforniya shtatidagi Berbank shahrida sodir bo‘lgan voqaeani politsiya baxtsiz hodisa sifatida qayd etgan. Biroq kuzatuv kameralari yozib olgan video tahlil qilinganda boshqacha xulosaga kelingan. Plitt energetik ichimlikning reklama roligini suratga olishda qatnashgan va unda poyezdni quvib o‘tishga uringan.

Kameralar yozib olgan lavhada Plitt poyezd oldida kata tezlikda yugurgani, biroq “musobaqa”da yutqazib, poyezdning ostida qolib ketgan. Shuningdek, voqea joyidan ichimlikning bir nechta bo‘sh idishi ham topilgan.