O‘zbekiston xalq artisti Olmaxon Hayitova vafotidan avval turmush o‘rtog‘iga vasiyat qoldirgan edi, deya xabar bermoqda “Kun.uz” “Darakchi” gazetasiga tayanib.

Olmaxon Hayitova. Foto: shov-shuv.uz

Olmaxon Hayitova. Foto: shov-shuv.uz

“55 yil birga baxtiyor yashagan rafiqam Olmaxon vafotidan avval: ‘Omonatimni topshirganimda uch kun onamning uyida mehmon qilib, so‘ng ‘Oxun buva’ qabristoniga qo‘yinglar. Olgan mukofotlarimni kichkina yostiqchaga tikib, yonimga qo‘yib qo‘ying’, deya so‘nggi iltimosini aytgandi. Shunga ko‘ra, Olmaxonning vasiyatini bajardik”, — dedi Olmaxon Hayitovaning turmush o‘rtog‘i Ruslan Madrahimov.

Eslatib o‘tamiz, Olmaxon Hayitova 2014-yil boshida, 73 yoshida, qandli diabetdan vafot etgan edi.