Toshkent viloyatining Chinoz tumanida faoliyatini boshlagan Perfect paper MChJ tomonidan Xitoydan keltirilgan zamonaviy texnologik liniyalar yordamida oddiy somondan qog‘oz ishlab chiqarish o‘zlashtirildi, deb xabar beradi “Uz24.uz” “Xalq so‘zi” gazetasiga tayanib.

Foto: uz24.uz

Foto: uz24.uz

Qayd etilishicha, o‘simlik qoldiqlari bir necha murakkab texnologik jarayondan o‘tib, suyuq qotishmaga, keyin esa oq-sariq tusdagi silliqlangan qog‘ozga aylanadi.

Qog‘oz sanoatida sellyulozaning o‘rni beqiyos. Biroq Yer yuzida “yashil boylik”lar kamayib borayotgani inobatga olinsa, bunday mahsulotlarni ishlab chiqarishda muqobil manbalardan kengroq foydalanish muhim sanaladi, deyiladi xabarda.