15 nafar amerikalik senatorlar AQSh prezidenti Barak Obama va NATO rahbariyatiga maktub yozib, Ukraina chegaralarini Rossiya tajovuzidan himoya qilish maqsadida unga beriladigan harbiy yordamni ko‘paytirishni talab qildi. Bu haqda “Yevropeyskaya Pravda” xabar berdi.

Foto: unian.net

Foto: unian.net

“Men Obamaga Ukraina armiyasiga rossiyaparast jangarilar bilan kurashish uchun harbiy yordam, jumladan tankka qarshi qurol va zirhli mashinalar yuborishni so‘rab xat yozdim. Biz ularga o‘z ozodligini himoya qilish uchun qo‘limizdan kelgancha yordam berishimiz kerak”, — deb yozdi maktub mualliflaridan biri respublikachi senator Rob Portman o‘zining Facebook sahifasida.

Portman o‘z saytiga ushbu xatning to‘liq matnini joyladi.