AQShning Florida shtati Deberi shahrida politsiya o‘ziga timsoh go‘shtidan ovqat tayyorlamoqchi bo‘lgan erkakni hibsga oldi, deya xabar bermoqda “Vesti.ru”. Richard Niksi uzunligi bir yarim metrgacha bo‘lgan beshta timsohni tutib, o‘ldirishga muvaffaq bo‘lgan. Yirtqichlarni o‘ldirish uchun unda ruxsatnoma bo‘lmagan.

Foto: vesti.ru

Foto: vesti.ru

Niksi televizorda futbol ko‘rib, o‘ljasini yemoqchi bo‘lib turganida, uyiga politsiya bostirib kirdi. Shtatning tabiat muhofazasi bo‘yicha komissiyasi vakili Greg Uorkmanning aytishicha, maxsus ruxsatnomasiz Floridada timsohlarni ovlab bo‘lmaydi.

Ma’lum bo‘lishicha, 30 yoshli Niksi bungacha ham narkotiklar va qurol saqlash, o‘g‘rilik uchun bir necha marta hibsga olingan.