Oq Uy 2016-moliyaviy yil uchun 4 trillion dollarlik AQSh davlat byudjeti loyihasini taqdim etdi, deb xabar bermoqda “Vesti Ekonomika”. Bundan 561 milliard dollari harbiy ehtiyojlar uchun ajratilgan. Shu asnoda, e’tiboringizga dunyodagi harbiy byudjeti eng katta bo‘lgan 10 mamlakatni havola etamiz.

10. Janubiy Koreya: 33,9 milliard dollar

Foto: vestifinance.ru

Foto: vestifinance.ru

Janubiy Koreya o‘z harbiy byudjetini Xitoy va Yaponiya harbiy xarajatlari oshishiga qarab, shuningdek Shimoliy Koreya tomonidan doimiy tahdid tufayli oshirib boradi. Katta bo‘lmagan mamlakatning harbiy xizmatchilari umumiy soni 640 ming kishini, zaxira tarkibi esa 2,9 million kishini tashkil etadi.

9. Hindiston: 47,4 milliard dollar

Foto: vestifinance.ru

Foto: vestifinance.ru

Harbiy mahsulotlar importi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadigan Hindiston armiyasi modernizatsiyasi uchun katta mablag‘lar kerakligi tufayli mudofaa xarajatlari yanada oshishi kutilmoqda. Hindiston arsenalidagi ballistik raketalar Pokistonning istalgan yeridagi va Xitoy hududining katta qismidagi mo‘ljalni urishga qodir. Armiya xizmatchilari 1,33 million kishi, zaxiradagilar yana 2,14 million kishini tashkil etadi.

8. Yaponiya: 48,6 milliard dollar

Foto: vestifinance.ru

Foto: vestifinance.ru

Konstitutsiyaga binoan hujumkor armiyaga ega bo‘lmagan Yaponiya Xitoy bilan hududiy mojarolar ko‘paygani sari harbiy byudjetini ham oshirib bormoqda. Texnika va qurol bilan ta’minlangan qurolli kuchlarda 247 ming kishi xizmat qiladi, 57,9 ming kishi esa zaxirada.

7. Germaniya: 48,8 milliar dollar

Foto: vestifinance.ru

Foto: vestifinance.ru

Ikkinchi Jahon urushidan keyin aholisi asosan aksilharbiy kayfiyatga ega bo‘lgan Germaniya dastlab faqat mudofaa kuchlari bilan cheklangan bo‘lsa ham, Yugoslaviya tarqalib ketgach xalqaro operatsiyalarda ham faol qatnasha boshladi. Harbiy xizmatchilar soni 183 ming kishini, zaxira 145 ming kishini tashkil etadi. Professional armiya tashkil etish maqsadida 2011-yilda majburiy harbiy xizmat tugatilgan.

6. Buyuk Britaniya: 57,9 milliard dollar

Foto: vestifinance.ru

Foto: vestifinance.ru

2018-yilgacha qurolli kuchlari sonini 20 foizga qisqartirishni rejalashtirayotgan Buyuk Britaniya armiyasida hozirda 205,3 ming kishi xizmat qiladi, yana 188 ming kishi esa zaxirada. Harbiy byudjet kamayishiga qaramay, armiyadagi texnikalari evaziga ko‘p davlatlardan ustunlikni saqlab qolishi aytilmoqda.

5. Fransiya: 61,2 milliard dollar

Foto: vestifinance.ru

Foto: vestifinance.ru

Fransiya Markaziy Afrika Respublikasi, Chad, Mali, Senegal kabi davlatlardagi harbiy operatsiyalarda faol ishirok etadi. Yangi harbiy byudjet yana ko‘plab harbiy texnikalarni sotib olishni ko‘zda tutadi.

4. Saudiya Arabistoni: 67 milliard dollar

Foto: vestifinance.ru

Foto: vestifinance.ru

Saudiya Arabistonining harbiy byudjeti 2006-yildagi 31 milliard dollardan 2013-yilda 67 milliard dollarga yetdi. Ar-Riyod AQShdan qurol-yarog‘larning ulkan partiyalarini sotib olmoqda. F-15 qiruvchi samolyotlari jamlanmasi shular jumlasidandir.

3. Rossiya: 87,8 milliard dollar

Foto: vestifinance.ru

Foto: vestifinance.ru

Rossiya harbiy xizmatchilari soni 766 ming kishini, zaxira esa 2,5 millionga yaqin kishini tashkil etadi. Dunyodagi eng yirik tank kuchlari aynan Moskvaga tegishli: 15,5 ming tank Rossiya armiyasi arsenalida mavjud.

2. Xitoy: 188 milliard dollar

Foto: vestifinance.ru

Foto: vestifinance.ru

2,285 millionlik armiya va yana 2,3 millionlik zaxiraga ega Xitoy sanoat va harbiy josuslik orqali xorijiy harbiy texnika muqobillariga ega bo‘lib borayotgani qayd etilgan.

1. AQSh: 561 milliard dollar

Foto: vestifinance.ru

Foto: vestifinance.ru

So‘nggi yillarda harbiy byudjetini qisqartirayotgan AQShning armiyasi uchun xarajatlari o‘zidan keyin turuvchi 10 davlatning harbiy byudjeti qo‘shib hisoblangan ko‘rsatkichdan ham katta. Harbiylarning umumiy soni 1,43 million kishi, zaxira esa 850 ming kishidan iborat. Shuningdek, Vashington samolyot tashuvchi 19 kemadan iborat flotga ham ega.