Dunyodagi eng keksa erkak — yaponiyalik Sakari Momoi bugun — 5-fevralda o‘zining 112 yoshini nishonlamoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: AFP

Foto: AFP

Ginnesning Rekordlar kitobi versiyasi bo‘yicha Yer yuzidagi eng keksa erkak nomi 2014-yilda Nyu-Yorklik Aleksandr Imich 111 yoshida vafot etgach, Momoiga o‘tgan edi. U Imichdan bir kunlik kichik edi.

Momoi bayramni oilasi davrasida nishonlamoqda. Ayni paytda u Tokiodagi kasalxonalardan birida yotibdi, biroq bu uning ruhiy tetikligini tushirgani yo‘q.