NATO alyansning Javob ko‘rsatish kuchlari sonini 13 mingdan 30 ming kishigacha ko‘paytiradi, ular tarkibidagi yuqori shaylik guruhi esa 5 ming kishidan iborat bo‘ladi. Bu haqda alyans bosh kotibi Yens Stoltenbergga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Yens Stoltenberg. Foto: “RIA Novosti”

Yens Stoltenberg. Foto: “RIA Novosti”

“Bu bilan biz Javob qilish kuchlarimizni kuchaytiramiz. Hozirgi hajmi 13 ming. Vazirlar 30 mingga yaqin hajmdagi kuch haqida qaror qabul qilishini kutmoqdaman”, — dedi Stoltenberg NATOga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari majlisidan oldin.