Uch nafar yuqori lavozimdagi isroillik diplomatlar internetda mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxu siyosatiga nisbatan tanqidiy fikrlar bildirgani uchun muddatidan avval majburiy iste’foga chiqarilishi mumkin, deya xabar bermoqda “TASS”.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Isroil tashqi ishlar vazirligi vakili so‘zlariga ko‘ra, yahudiy davlatining Shveysariyadagi elchisi Igal Kasli allaqachon chaqirib olingan. U o‘z Twitter’ida bosh vazirning 3-mart kuni AQSh Kongressida Vashington ma’muriyatining Eron yadro dasturi muammosiga yondashuviga bog‘liq nutq bilan chiqish qilish niyatini qoralagan edi.

Shuningdek Netanyaxuga qaratilgan tanqid bilan Isroilning Hindistondagi elchisi va TIVning Quddusdagi markaziy apparati xodimi ham internet-OAVlarda chiqish qilgan.