McDonald’s tarmog‘ining Yaponiyadagi bo‘limi oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq muammolar tufayli 11 yildan buyon birinchi marta yilni zarar bilan yakunladi, deb xabar bermoqda “RBK”.

Foto: galagram.com

Foto: galagram.com

Sotuv hajmining keskin tushib ketishiga Xitoydan keltirilgan tovuq go‘shtining muddati o‘tgani va mahsulotlardan turli buyumlar chiqishi holatlari sabab bo‘lgan. McDonald’s Holdings Co. 2013-yildagi 43,78 million dollarlik foyda o‘rniga 2014-yilda 186,2 million dollar sof zarar ko‘rgan. Daromad esa 2,21 milliard dollardan 1,89 milliard dollarga pasaygan.

2014-yil iyul oyida Xitoyning Shanghai Husi Food Co. kompaniyasi muddati o‘tgan tovuq go‘shtini ataylab sotgani ma’lum bo‘lgach, McDonald’s bunday go‘sht ishlatilgan mahsulotlar sotuvini tezda to‘xtatgan. Shundan keyin sotuv hajmi oyiga 10 foizdan pasaya boshlagan.

2014-yil avgust oyida Osakada kartoshka-fri paketida odam tishi chiqqan. Dekabr oyida esa Fukusimada bir bola shokoladli muzqaymoq ichidan chiqqan qattiq plastik bo‘lagidan jarohatlangan.