Xitoyda olti yashar Siyao ismli qizcha bir oydan oshiq vaqt davomida spa-salonda yashadi, deya xabar bermoqda The Daily Mirror. Qizaloq Kunmin shahridagi muassasaga bobosi bilan kelgan, u bu yerda ba’zi xizmatlardan foydalanib ko‘rmoqchi edi.

Foto: Flickr

Foto: Flickr

Vanna qabul qilib bo‘lgach, erkak hamyonini unutganini tushunadi va spa xodimiga garov sifatida nevarasini qoldirib, pul olib kelish uchun ketadi. U bir necha soat ichida qaytishga va’da beradi, biroq shu bilan ko‘rinish bermaydi. Ta’kidlanishicha, erkak Kunminga nevarasi bilan dam olishga kelgan bo‘lgan.

Bobosi bir sutkada qaytib kelmagach, muassasa xodimlari qizaloqqa uxlash uchun joy tayyorlab beradi. U yerni televizor bilan jihozlashadi, qizchaga doimiy ravishda yangi kiyimlar va oziq-ovqat sotib olib berishadi.

Ushbu voqea haqida mahalliy OAVlar yozganidan so‘ng, Kunmin fuqarolari ijtimoiy xizmat xodimlariga murojaat qilib, qizning bobosini topib berishni so‘radi. Biroq ayni paytda qizcha spa-markazda yashashda davom etmoqda, bobosi topilganicha yo‘q.