Ukraina Oliy Radasi xalq deputatlari va sudyalari daxlsizligi borasida Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini Ukraina Konstitutsiyaviy sudiga yo‘naltirishni yoqlab ovoz berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: korrespondent.net

Foto: korrespondent.net

Qonun loyihasida 80-moddada ko‘zda tutilgan xalq deputatlari Oliy Rada roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi yoki qo‘lga tushirilishi mumkin emasligi haqidagi bandni Konstitutsiyadan olib tashlash taklif qilinadi.

Bundan tashqari, 126-moddadagi sudyalarning parlament roziligisiz sud tomonidan ayblov hukmi chiqarilmagunicha qo‘lga tushirilishi yoki hibsga olinishini taqiqlovchi bandni olib tashlash ko‘zda tutilgan.