Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko sharqdagi nizolar kuchayishda davom etsa, mamlakatda harbiy holat e’lon qilishga tayyor, deb yozadi “1kr.ua”.

Foto: AP

Foto: AP

“Hozircha men bunday qilmayapman, chunki bu demokratiya va ozodlikni cheklagan bo‘lardi, shuningdek iqtisodiyot rivojlanishi uchun xavf tug‘dirgan bo‘lardi. Yaqin oylarda biz milliard dollarlab investitsiyalarga ega bo‘lamiz”, — dedi Poroshenko.

Prezident so‘zlariga ko‘ra, mamlakat islohotlar o‘tkazishi, shu bilan birga, urush olib borishi va uning tarqalib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi kerakligini hisobga olgan holda, Ukrainadagi vaziyat juda og‘irdir.