Rim Papasi Fransisk I bolalarga tarsaki tushirish yo‘li bilan tan jazosi berishga ruxsat berdi, deb yozadi Associated Press.

Foto: dailymail.co.uk

Foto: dailymail.co.uk

Shu bilan birga, u buning faqat tarbiya maqsadida bo‘lishini, bu bolalarni kamsitmasligi kerakligini ta’kidladi.

Bu haqda u o‘zining kundalik qabuli vaqtida aytib o‘tdi. “Bolani jazolashda uning sha’nini hurmat qilish kerak, jazo adolatli bo‘lishi kerak”, — dedi Papa.