Ukraina Oliy Radasi rossiyalik jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 2014-yil 1-yanvardan keyin ishlab chiqarilgan filmlarni namoyish etish va tarqatishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi, deb xabar bermoqda Meduza.

Foto: AFP

Foto: AFP

Shuningdek, ushbu qonun Rossiya huquqni muhofaza qilish organlari va qurolli kuchlari faoliyatini targ‘ib qiluvchi har qanday film namoyishini taqiqlaydi.

Qonun loyihasini 259 nafar deputat qo‘llab-quvvatlagan. Qonun e’lon qilinganidan 2 oy o‘tgach kuchga kiradi. Uning buzilishi eng kam ish haqining 10−50 baravari miqdorida jarima to‘lashga sabab bo‘ladi.