AQShning Pensilvaniya shtati politsiyasi 16 yoshli Maksvell ismli o‘spirinni hibsga oldi. U o‘zi o‘ldirgan sinfdoshi Rayan fonida selfi olib, Snapchat dasturi orqali uni do‘stiga yuborganidan so‘ng qotillikda gumon qilindi. Bu haqda USA Today xabar berdi.

Foto: wisegeek.com

Foto: wisegeek.com

Yigitcha rasmga sinfdoshini o‘ldirgani va yana qurbonlar bo‘lishini izoh sifatida yozdi. Maksvellning do‘sti suratni yuklab oldi va onasiga ko‘rsatdi. Shundan so‘ng ayol politsiyaga murojaat qildi.

O‘qotar qurol bilan yaralab o‘ldirilgan bolaning tanasi 4-fevral kuni o‘z uyida topildi.

Maksvell qo‘lga olingach, politsiyachilar uning uyini tintuv qildi va yerto‘ladan to‘pponcha topib oldi, o‘q aynan undan otilgan bo‘lishi mumkin. Pittsburgh Post-Gazette xabariga ko‘ra, o‘spirin qotillikni tan olgan.

Maksvell ayni paytda hibsda saqlanmoqda, uning qanday jazo olishi mumkinligiga aniqlik kiritilmayapti.