Quyosh energiyasidan foydalanishning o‘sishi hozirgi darajada saqlanib qolsa, 2020-yilga borib dunyo bo‘ylab ishlab chiqariladigan elektr energiyasining 10 foizi fotoelektr tizimlariga to‘g‘ri kelishi mumkin, deb yozadi “Vesti Ekonomika”. Asosiy o‘sish Xitoy, Yaponiya, Germaniya va AQShda kuzatilishi kutilmoqda. E’tiboringizga hozirda faoliyat ko‘rsatayotgan yoki qurilayotgan eng yirik quyosh elektr stansiyalari o‘nligini havola etamiz.

1. Jasper PV Project, JAR

Foto: vestifinance.ru

Foto: vestifinance.ru

O‘tgan yil oktabrida yakunlangan loyiha yiliga 96 Megavatt elektr ishlab chiqaradi va bu 80 mingta uyni ta’minlashga yetadi.

9. Amanecer Solar CAP Plant, Chili

Foto: vestifinance.ru

Foto: vestifinance.ru

Atakama sahrosi markazida joylashgan stansiya quvvati 100 Megavatt bo‘lib, 125 mingta xo‘jalikni elektr bilan ta’minlay oladi.

8. Redstone Solar Thermal Power Plant, JAR

Foto: vestifinance.ru

Foto: vestifinance.ru

100 Megavatt quvvatga ega bo‘ladigan stansiya 200 ming uyni elektr bilan ta’minlashi rejalashtirilmoqda.

7. Nzema Solar Park, Gana

Foto: vestifinance.ru

Foto: vestifinance.ru

Qurilishi davom etayotgan quyosh elektr stansiyasi 155 Megavatt quvvvatga ega bo‘ladi 630 ming quyosh panelini o‘zida jamlaydi.

6. Setouchi, Yaponiya

Foto: vestifinance.ru

Foto: vestifinance.ru

O‘tgan yilning noyabrida qurilishi boshlangan 231 Megavatt quvvatga ega stansiya loyihasining qiymati 1,1 milliard dollarni tashkil etadi.

5. Agua Caliente, AQSh

Foto: vestifinance.ru

Foto: vestifinance.ru

1 milliard dollarlik loyiha asosida qurilib, o‘tgan yilning aprelida ishga tushirilgan stansiya 290 Megavatt quvvatga ega va 230 ming uyga xizmat ko‘rsata oladi.

4. Ivanpah, AQSh

Foto: vestifinance.ru

Foto: vestifinance.ru

Ikki yil oldin ochilgan elektr stansiyasi 392 Megavatt quvvatga ega, 300 ming panelni o‘zida jamlagan va 140 ming uyni elektr bilan ta’minlay oladi.

3. Solar Star, AQSh

Foto: vestifinance.ru

Foto: vestifinance.ru

Stansiya qurilishi 2013-yilda boshlangan va hozirda 170 Megavattlik quvvatni ta’minlanmoqda. Yakunda quvvat 579 Megavattga, panellar soni 1,7 millionga yetishi rejalashtirilgan.

2. Topaz, AQSh

Foto: vestifinance.ru

Foto: vestifinance.ru

2,5 milliard dollar evaziga ikki yilda qurilgan stansiya quvvati 580 Megavattni tashkil etadi, 9 milliondan ortiq panellarni o‘zida jamlagan. Aholisi 276 ming bo‘lgan San-Luis-Obispo shahrining katta qismini eletr bilan ta’minlay oladi.

1. Smabhar Lake, Hindiston

Foto: vestifinance.ru

Foto: vestifinance.ru

Quvvati 4000 Megavattlik stansiya loyihasi 4 millard dollar qiymatga ega, u AQShning eng yirik quyosh stansiyalaridan 8 marta kuchli bo‘ladi. Biroq loyiha hozirda federal hukumat va shtat rahbariyati o‘rtasida yerdan foydalanish borasidagi nizo tufayli to‘xtab qolgan.