Janubiy Koreya va AQSh KXDR bilan chegara yaqinida Sariq dengizdagi Kanxvado oroli hududida birgalikda dengiz mashg‘ulotlarini o‘tkazdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: AFP

Foto: AFP

Shartli dushman hududiga qo‘shin tushirish mashqlariga Janubiy Koreya harbiy dengiz kuchlarining 200 harbiy xizmatchisi va AQSh HDKning Yaponiyaning Okinava oroliga joylashtirilgan 20 nafar harbiylari jalb etildi.

“Renxap” agentligi qayd etishicha, ikki mamlakat harbiy xizmatchilari o‘rtasidagi hamkorlik darajasini oshirish maqsadidagi harbiy mashg‘ulotlar ilk bora Shimoliy Koreya chegarasining bevosita yaqinida o‘tkazildi.