Rossiya Davlat Dumasi “Qrim federal okrugini rivojlantirish hamda Qrim Respublikasi hududlaridagi va federal ahamiyatga ega Sevastopol shahridagi erkin iqtisodiy zona to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishdayoq qabul qildi. Bu haqda “Knews.kg” xabar bermoqda.

Foto: knews.kg

Foto: knews.kg

Rossiya hukumati tomonidan kiritilgan qonun loyihasi Qrimda erkin iqtisodiy zonaning tuzilishi va faoliyat olib borishi hamda Qrim federal okrugini rivojlantirish uchun huquqiy sharoit yaratadi. EIZ 25 yil muddatga tuziladi, keyinchalik u yana uzaytirilishi mumkin.