Istanbul prokuraturasi 9-fevral, dushanba kuni siyosiy josuslik va davlat tuzumini ag‘darishga urinish ayblovi bo‘yicha 29 nafar politsiya ofitserini hibsga olishga ruxsat berdi, deya xabar qilmoqda “Novosti-Kazaxstan”.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Gumonlanuvchilarning 28 nafari qo‘lga olindi, yana bir nafari hozircha ozodlikda qolmoqda. Ularning barchasi 2010—2013-yillarda Istanbul politsiyasining terrorchilik bilan kurash bo‘limida ishlagan.

Istanbul bosh prokurori Hodi Soliho‘g‘li so‘zlariga ko‘ra, noqonuniy ravishda kuzatilgan shaxslar haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘lgan. Bunda gap qator vazirlar, parlament deputatlari, nufuzli turk telekanallari va radiostansiyalari rahbariyati haqida bormoqda.