“Donetsk Xalq Respublikasi” rahbari Aleksandr Zaxarchenko Debalsevo aholi punktini yorib o‘tishga urinishlarning barchasi ayirmachilar tomonidan qurshab olinishini aytdi, deb yozadi Meduza. Ayirmachilar nazorati ostidagi qolgan barcha hududlarda o‘t ochishni Minskda 12-fevral kuni erishilgan kelishuvga muvofiq to‘xtatish rejalashtirilmoqda.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

DXR vazirlar kengashi saytida aytilishicha, Zaxarchenko 15-fevralga o‘tar kechasi o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi farmonni imzolagan. Hujjatda ayirmachilarning Ukraina harbiy kuchlari nazorati ostidagi hududlarda o‘t ochishni to‘xtatishi, biroq DXR nazoratidagi hududlarda hujum yoki hududni nishonga olib o‘t ochish deb baholanuvchi harakatlarga har qanday kuch va vositalar bilan barham berish huquqini saqlab qolishi aytilgan.