Kanada hukumati Ukrainaga navbatdagi moliyaviy yordamni tayyorlamoqda, shuningdek mamlakat qurolli kuchlariga ayirmachilar joylashuvini aniqlash uchun o‘z harbiy sun’iy yo‘ldoshlaridan olingan suratlarni taqdim etadi. Bu haqda Kanada mudofaa vaziri Jeyson Kenn ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Liga.net”.

Foto: sofrep.com

Foto: sofrep.com

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kanada bosh vaziri Stiven Xarper Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoga moliyaviy yordamni va’da qilgan va Kenn bu davom ettrilishiga umid bildirgan.

“Bundan tashqari, yaqin orada Ukrainaga sun’iy yo‘ldoshlarimiz orqali tushirilgan suratlarni jo‘natamiz. Bu Poroshenkoning o‘tgan yil sentabrida Ottavaga tashrifi davomida so‘ragan eng katta iltimosi edi”, − dedi Kenn.