Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron ichkilikbozlik, giyohvandlik va semirishdan aziyat chekayotgan fuqarolar o‘z sog‘liqlari haqida jiddiy qayg‘urmasa olayotgan ijtmoiy to‘lovlarining sezilarli qismidan ayrilishi mumkinligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.

David-Cameron_2074203c

Foto: AP

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab britaniyaliklar kasallikni bahona qilib ishlamaydi va ijtimoiy nafaqalar hisobiga kun ko‘radi. Ular ichkilikbozlik yoki semirishdan aziyat chekadi, biroq davolanishni istamaydi. Bu vaziyatda odamlarning o‘zi ishlashni istamaslikni tanlamoqda, demak hukumat ham ijtimoiy nafaqalarni qisqartirib, ularni olish qoidalarini kuchaytirish huquqiga ega.

Ma’lumotlarga qaraganda, Buyuk Britaniyaning 60 million kishilik aholisidan taxminan 100 ming nafari giyohvandlik, ichkilikbozlik va semirishdan aziyat chekuvchilar sifatida davlat nafaqasini oladi.