Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko so‘zlariga ko‘ra, agar tinchlikka erishilmasa, butun mamlakat hududi bo‘ylab harbiy holat joriy etiladi, deb yozadi “Liga. Novosti”. Bu haqda Poroshenko Kiyevda chegarachilarga yangi harbiy va maxsus texnikani topshirish marosimida aytib o‘tdi.

Foto: says.com

Foto: says.com

“Dushmanlar bilan yarashuv buzilgan taqdirda o‘z xatti-harakatlarimizni namoyish etishimiz kerak. Minsk muzokaralaridan avvalroq Vazirlar mahkamasi majlisidayoq men tinchlik bo‘lmasa, harbiy holat e’lon qilish zarurati haqida gapirgan edim. Bunday holda harbiy holat nafaqat Donetsk va Luganskda, balki butun mamlakat bo‘ylab joriy etiladi”, — dedi Poroshenko.