Qozog‘iston xalqlari assambleyasi raisi o‘rinbosari Anatoliy Bashmakov mamlakatda yaqin vaqtlar ichida prezident saylovlarini muddatidan avval o‘tkazishni taklif qildi, deb yozadi “Vlast” jurnali. Bunday tashabbus bilan u QXAning Ostonadagi kengashida chiqish qilgan.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Bunga asoslar quyidagilardan iborat: birinchidan, bizda 2016-yilda ikkita saylov kampaniyasi bo‘ladi — majilis deputatlari va prezident saylovlari, va bu tabiiyki, yuridik uyg‘unsizlik demakdir; yana, 2016-yilga, ekspertlar hisob-kitobiga ko‘ra, moliyaviy-iqtisodiy inqiroz cho‘qqisi to‘g‘ri keladi”, — deya ta’kidladi Bashmakov.

Uning aytishicha, Qozog‘iston rahbariyatining bor e’tibori mamlakat iqtisodiyoti va jamiyatida “inqirozli hodisalar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik”ka qaratilishi kerak. “Bu paytda esa saylovlar ham bor. Shu tufayli men prezidentlik saylovlarini shu yilga ko‘chirishni taklif qilaman”, — dedi Bashmakov.