Iqlimshunoslar ta’kidlashicha, XXI asrning ikkinchi yarmida AQShning janubi-g‘arbiy shtatlarida so‘nggi mingyillikdagi eng kuchli qurg‘oqchilik kuzatiladi. Bu haqdagi maqola Science Advances jurnalida chop etildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Foto: nashaplaneta.su

Foto: nashaplaneta.su

Mutaxassislar Shimoliy Amerika iqlimi haqidagi tarixiy manbalar va qaydlarni o‘rgandi, shuningdek tuproq, yog‘in miqdori tahlilini olib bordi va iqlimshunoslarning global isish oqibatlari to‘g‘risidagi prognozlarini hisobga oldi.

Olimlar bir necha xil iqlim modellarini yaratdi, biroq ularning barchasi bir xil natijani ko‘rsatdi: taxminan 50 yildan so‘ng AQShga so‘nggi mingyillikdagi eng kuchli qurg‘oqchilik yetib keladi.

Tadqiqotchilar buning ilk darakchilari hozirda ham kuzatilayotganini aytdi. Masalan, so‘nggi 11 yil ichida Oklaxoma, Nevada, Kaliforniya, Texas, Arizona kabi g‘arbiy shtatlarda suv yetishmovchiligi yuzaga kelgan.