Fransiyada jangarilar hujumi xavfi favqulodda baland bo‘lib qolmoqda, va kuchaytirilgan xavfsizlik choralari talab qilingunicha amalda bo‘ladi. Bu haqda Fransiya bosh vaziri Manuel Valsga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: AP

Foto: AP

“Xavf shunchalik yuqori bo‘lar ekan, biz ushbu choralarni zarur bo‘lgan muddatgacha uzaytiramiz”, — dedi Vals Daniyadagi yahudiylar ibodatxonasi va madaniyat markaziga bo‘lgan hujumlarni izohlar ekan.

Eslatib o‘tamiz, 15-fevral, yakshanbaga o‘tar kechasi Daniya poytaxtidagi sinagogalardan birida noma’lum kishi o‘t ochdi, natijada bir kishi halok bo‘ldi, ikki nafar politsiya xodimi yaralandi. Bundan bir necha soat avvalroq esa Krudttoenden madaniyat markaziga hujum uyushtirilgan edi. U yerda so‘z erkinligi masalalariga bag‘ishlangan munozara ishtirokchilari karikaturachi rassom Lars Vilks rahbarligida yig‘ilgan edi. Vilks 2007-yilda Muhammad (s.a.v.)payg‘ambar karikaturalarini chop etgani uchun terrorchi aynan unga suiqasd qilmoqchi bo‘lgani taxmin etilmoqda. Shuningdek, uchrashuvda Fransiyaning Daniyadagi elchisi ham bo‘lgan. Ular jabr ko‘rmagan, biroq boshqa bir erkak halok bo‘lgan, uch nafar politsiyachi yaralangan.