Donbassda 15-fevralga o‘tar kechasidan joriy etilgan “tinchlik rejimi”ni har ikkala tomon ham buzmoqda, deb xabar bermoqda Meduza bir-birini qoidabuzarlikda ayblayotgan ayirmachilar va Ukraina armiyasi xabarlariga tayanib.

Foto: korrespondent.net

Foto: korrespondent.net

Pyotr Poroshenko matbuot kotibi Svyatoslav Segolko ma’lumotlariga ko‘ra, 15-fevral kuni 5:00 gacha umuman olganda “tinchlik rejimi”ga rioya qilindi, biroq ayirmachilar Ukraina harbiylari joylashgan nuqtalarni, jumladan oltita blokpostni o‘n marta o‘qqa tutdi. “Tizimsiz” otishmalar haqida Ukraina Qurolli kuchlari bosh shtabi spikeri vazifasini bajaruvchi Vladislav Seleznyov ham xabar qilgan.

O‘z navbatida DXR korpusi qo‘mondoni o‘rinbosari Eduard Basurin ayirmachilar Ukraina armiyasi harakatlariga javoban o‘t ochishga majbur qolganini ma’lum qildi.