Italiyaning eng boy kishisi va Ferrero Group qandolat imperiyasi xo‘jayini Mikele Ferrero Monte-Karloda 90 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda Meduza. Aynan u Kinder shokoladli tuxumi, Tic Tac donachalari va Nutella shokoladli pastasini o‘ylab topgan va bozorga chiqargan.

Foto: canada.com

Foto: canada.com

Ferrero uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etdi. So‘nggi paytlarda u Monako knyazligidagi Monte-Karlo shahrida rafiqasi Mariya Franka bilan yashagan. Uning ikki o‘g‘li — Pyetro va Jovanni 1997-yildan buyon mushtarak asosda otalarining kompaniyasini boshqarib kelar edi . 2011-yilda Pyetro vafot etgach, Jovanni Ferrero’ning yagona direktoriga aylandi.