Yevropalik yahudiylar Isroilni tark etishi kerak, deb hisoblaydi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu. Bunday bayonot bilan u 15-fevral kuni, Kopengagendagi teraktlardan so‘ng chiqish qildi, deb yozadi Agence France-Presse.

Foto: wikipedia.org

Foto: wikipedia.org

Netanyaxu so‘zlariga ko‘ra, “yahudiylarni yana Yevropada ular shunchaki yahudiy bo‘lgani uchun o‘ldirishmoqda”. “Isroil — bizning uyimiz. Biz Yevropadan yalpi ravishda ko‘chib ketishga chaqiramiz”, — dedi u.

Bundan tashqari, Isroil bosh vaziri yahudiylarning Fransiya, Belgiya va Ukrainadan immigratsiya qilinishini rag‘batlantirish bo‘yicha 47 million dollarlik dastur mamlakat vazirlar mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun berilganini aytib o‘tdi.