Qirg‘iziston poytaxtida o‘z bolalari − ikki yoshli o‘g‘li va uch yoshli qizini shafqatsiz tarzda o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Bishkek Ichki ishlar bosh boshqarmasiga asoslanib “RIA Novosti” xabar berdi.

Bishkek. Foto: tonkosti.ru

Bishkek. Foto: tonkosti.ru

“15-fevral kuni Bishkek IIBBga 2011 va 2012-yillarda tug‘ilgan voyaga yetmagan bolalar o‘ldirilgani haqida xabar kelib tushdi. Ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib ularning onasi − 1981-yilda Issiqko‘l viloyatida tug‘ilgan ayol qo‘lga olindi”, − deyiladi xabarda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayol bolalariga oshxona pichog‘i bilan bir necha marta zarba bergan. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud-tibbiyot ekspertizasi boshlangan. Qirg‘iz matbuoti xabarlariga ko‘ra, ayol Bishkekdagi maktablardan birida ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan.