Ashxobod kelishuvi ishtirokchilari Qozog‘istonning “O‘zbekiston—Turkmaniston—Eron—Ummon” xalqaro tranzit-transport yo‘lagiga qo‘shilishini ma’qulladi, deb yozadi “12news.uz”.

Foto: flickr.com

Foto: flickr.com

Bunday qaror 15-fevral kuni Tehron (Eron)da “Ashxobod kelishuvi” ishtirokchilari muvofiqlashtiruvchi kengashining birinchi majlisida qabul qilindi. Ushbu kelishuvning a’zolari Ummon sultonligi, Eron Islom Respublikasi, Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikasidir.

O‘zbekiston rahbari Islom Karimov tashabbusi bilan transport yo‘lagini yaratish to‘g‘risidagi bitim O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron, Ummon va Qatar hukumatlari tomonidan 2011-yilda imzolangan edi. 2013-yilda Qatar loyihadan chiqishga qaror qildi.